Marketing kafedrasi
Samarqand kooperativ institutida hali Mustaqillikdan oldin 1990-yil iyun oyida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “Marketing” kafedrasi tashkil etiladi. Rektor A.S.Soliyev “Marketing” kafedrasining asoschisi va birinchi mudiri hisoblanadi.
Bugungi kunda "Marketing" kafedrasi institutning "Servis" fakulteti tarkibidagi mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi.
Kafedrada 60412500-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) bakalavrlar; 70412501-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tahsil olmoqda.
Kafedrada 08.00.11-Marketing ixtisosligi bo‘yicha 5 ta tayanch doktorantlar tahsil olishmoqda:
1. Pardayev Sh.X.
2. Allayorov R.A.
3. Yahyoxonov N.B.
4. Xojiqulov B.E.
5. Jiyamuratov R.N.
Marketing kafedrasi Samarqand shahar, Amur Temur ko’chasi 9 uy, 3-bino, 311 xonada joylashgan.
Sovetlar davrining oxirlari 1980-yillarning ikkinchi yarmida qayta qurish davri boshlanib, jamiyat va iqtisodiyotni biroz bo‘lsada erkinlashtirishga harakatlar bo‘lib, rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o‘rganish va foydali jihatlarini qo‘llash imkoniyatlari tug‘iladi. Shunday imkoniyatlardan foydalanib, o‘sha paytda bevosita Moskva tasarrufida bo‘lgan va O‘rta Osiyo instituti maqomiga ega bo‘lgan hamda “Bozorshunoslik” fani va umuman bozor munosabatlari o‘qitiladigan Samarqand kooperativ institutida uning rektori Ahmadjon Soliyevich Soliyev tashabbusi bilan O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “Marketing” fanini o‘qitishga kirishiladi.
Bu yangi fan 1989-yil sentyabrdan “Iqtisodiyot” mutaxassisligi 3-kursi talabalarining ishchi o‘quv rejasiga fakultativ kurs sifatida kiritiladi. Qisqa vaqt ichida “Marketing” fani “Iqtisodiyot” va “Tovarshunoslik” mutaxassisliklari uchun asosiy fanlar qatoriga o‘tkaziladi. Bu esa “Marketing” kafedrasi tuzilishiga muhim bir turtki bo‘lgan.
Samarqand kooperativ institutida hali Mustaqillikdan oldin 1990-yil iyun oyida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “Marketing” kafedrasi tashkil etiladi. Rektor A.S.Soliyev “Marketing” kafedrasining asoschisi va birinchi mudiri hisoblanadi.
“Marketing” kafedrasi dastlab “Savdoni tashkil etish va texnikasi” va “Savdo iqtisodiyoti” kafedralarining professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan tarkib bilan faoliyat boshlaydi. Kafedraning dastlabki rivojlanish bosqichida A.S.Soliyev va H.R.Hamroyevlarning hissasi katta. H.R.Hamroyev kafedraning o‘quv-uslubiy ishlari bilan shug‘ullanib, ilk fan dasturlari, metodik qo‘llanmalarni yaratadi.
1993 yilda professor R.G.Ibragimov “Marketing” kafedrasi mudiri etib tayinlanadi. Kafedraga 1993-2002 yillarda professor R.G.Ibragimov rahbarlik qildi. 2002 yilda “Marketing” kafedrasi tarkibiga “Tovarshunoslik va tovarlarning tijorat ekspertizasi” kafedrasi qo‘shiladi. 2002 yilda t.f.d., professor R.Normaxmatov “Marketing kafedrasi mudiri etib tayinlanadi. 2002-2013 yillarda t.f.d., professor R.Normaxmatov, 2013-2014 yillarda t.f.n., dotsent F.A.Axmedjanova, 2014-2017 yillarda i.f.n., katta o‘qituvchi I.X.Ibragimov, 2017-2018 yillar i.f.d., professor M.T.Alimova, 2018-2019 yillar i.f.n., dotsent v.b. V.Berdiqulov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bordi.
2020 yildan hozirgi kungacha “Marketing” kafedrasi mudiri lavozimida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent D.H.Xolmamatov faoliyat olib bormoqda.
Xolmamatov Diyor Haqberdiyevich
Marketing kafedrasi mudiri
Musayeva Shoira Azimovna
Marketing kafedrasi professori
Mamatqulova Shoira Jalolovna
Marketing kafedrasi dotsenti
Boboyev Nasimjan
Marketing kafedrasi dotsenti
Usmanova Zumrat Islamovna
Marketing kafedrasi dotsenti
Usmanova Dilfuza Ilxomovna
Marketing kafedrasi dotsenti
Muradova Nargiza Uljaevna
Marketing kafedrasi dotsenti
Musayev Bekjon Shukurillayevich
Marketing kafedrasi dotsenti
Ibodov Kamoliddin Mamatqulovich
Marketing kafedrasi dotsenti
Narkulova Shaxnoza Shakarbekovna
Marketing kafedrasi katta o'qituvchisi
Boyjigitov Sanjarbek Komiljon o’g’li
Marketing kafedrasi assistenti
Allayorov Hamdam Iris o’g’li
Marketing kafedrasi assistenti
Azgarov Abdumutalib Alisher o’g’li
Marketing kafedrasi assistenti
Axtamqulova A.A.
Marketin kafedrasi kabinet mudirasi
Oʼzbekcha
English
русский