Menejment kafedrasi
“Menejment” kafedrasi institutning “Buxgalteriya hisobi va menejment” fakulteti tarkibidagi mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi.
Kafedrada 60410800 - Menejment, 60411400 – Inson resurslarini boshqarish ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar va 70410801-Menejment, 70411001– Inson resurslarini boshqarish mutaxassisliklari bo’yicha magistrlar tahsil olmoqda.
So’ngi yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 100 dan ortiq nufuzli xorijiy jurnallarda, 10 ta Scopus xalqaro etirof etilgan bazalarda maqolalari chop etilgan.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2024-2025 yillarda quyidagi darsliklar, o’quv qo’llanmalar va monografiyalar chop etilgan:
Darsliklar:
- “Biznes strategiyasi” - professor v.b., A.E. Tangirov (2024 yil dekabr);
- “Tashkiliy hulq” - dotsent N.A. Usmanova (2024 yil sentyabr);
- “Менеджмент качества” - dotsent N.A. Usmanova va dotsent. J.N. Abiyevlar (2025 yil sentyabr);
- “Организационное поведение” - dotsent N.A Usmanova, dotsent. J.N. Abiyev, PhD dotsent. v.b., Z.K. Raximov, dotsent. A.P. Xazratovlar (2025 yil avgust).
O’quv qo’llanmalar:
1.“Taym-menedjment” - dotsent M.E. Axtamova (2024 yil dekabr);
2. “Loyihalar boshqaruvi” - PhD, dotsent. v.b., A.A. Siddiqov (2024 yil dekabr);
3. “Mehmonxona va restoran menejmenti” - PhD, dotsent. v.b., A.A. Siddiqov (2025 yil may);
4. “Operatsion menejment” - PhD, dotsent. v.b., N.T. Sattarova (2024 yil dekabr);
5. “Sifаt mеnеjmеnti” - dotsent N.A. Usmanova (2024 yil dekabr);
6. “Управление гостиницей и рестораном” dotsent v.b. N.M. Usmanova (2025 yil may);
7. “Ishlab chiqarish menejmenti” - dotsent N.A. Usmanova, dotsent U.N. Normurodov, dotsent J.N. Abiyev, assistent B.X. Qilichov hamda assistant-stajyor N.M. Burxonova (2025 yil avgust).
Monografiyalar:
1. “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish va boshqarisni takomillashtirish” - professor M.Q. Pardayev, PhD, dotsent v.b., H.N. Ochilova (2024 yil yanvar);
2. “Zamonaviy rahbar faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va uni takomillashtirish” - dotsent N.A. Usmanova (2024 yil dekabr);
3. “Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirishda o’zini-o’zi band qilishning strategik yo’nalishlari” - professor M.Q Pardayev, PhD dotsent v.b., A.R. Latipov (2025 yil aprel);
4. “Oliy ta'lim tizimida kredit modul tizimi imkoniyatlaridan foydalanib ta'lim sifatini oshirish yo'llari” - dotsent N.A. Usmanova, dotsent U.N.Normurodov, dotsent J.N. Abiyev va assistent B.X. Qilichov (2025 yil may).
Kafedrada “Menejer” talabalar va magistrlar ilmiy to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. To‘garakga assistent B. Abdumannonov rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda ilmiy to‘garakga 30 dan ortiq talaba va magistrlar jalb etilgan. Bu to‘garak a’zolarining iqtidorlilari turli konferensiyalarda o‘z ilmiy maqolalarini chop etishga erishib kelmoqdalar.
“Menejment” kafedrasi 1975 yilda “Boshqaruvning ilmiy asoslari” nomi bilan tashkil etilgan. Kafedra 1984 yildan “Boshqaruv va huquq”, 1998 yildan “Menejment va axborotlar texnologiyasi”va 2001 yildan “Menejment” nomi bilan atalib kelgan. Kafedrani dastlab dotsent N.R. Zugurov, keyinchalik dotsent M.D. Hamroqulova, dotsent D.N. Abdullayev, dotsent N.R.Zaynalov, dotsent I.A. Usmonov, dotsent Q.J.Mirzayev, dotsent H.I.Turdibekovlar boshqargan.
2011 yil sentabrda institutning “Menejment” va “Statistika” kafedralari negizida “Menejment va statistika” kafedrasi tashkil topgan.
“Menejment va statistika” kafedrasi tashkil etilgandan buyon kafedraga i.f.d., professor M.Q.Pardayev (2011-2013 yillar), dotsent H.I.Turdibekov (2013 -2018 yillar), A.N. Xoliqulovlar ( 2018 -2020 yillar) mudirlik qilib kelgan.
Hozirgi kunda «Menejment» kafedrasida i.f.n. F.U.Tursunov mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda 18 shtat birligi mavjud bo’lib, 17 nafar professor-o’qituvchi hamda 1 nafar kabinet mudiri faoliyat yuritadi. Ulardan 3 nafari professor, 2 nafari dotsent, 3 nafari i.f.n., katta o’qituvchi, 4 nafari katta o’qituvchi 5 nafari o’qituvchi (assitent)dir. Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 30 dan ortiq nufuzli xorijiy jurnallarda, 4 ta Scopus xalqaro etirof etilgan bazalarda maqolalari chop etilgan. 3 ta o’quv qo’llanma, 2 ta monografiya, 2 ta o’quv uslubiy ko’rsatmalar chop etilgan. Kafedra professor–o’qituvchilari tomonidan institut miqyosida o’tkazilgan ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar soni 70 dan ortiqdir.
Kafedrada “Menejer” talabalar va magistrlar ilmiy to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. To‘garakga i.f.n. F.U. Tursunov rahbarlik qilib kelmoqda. Hozirgi kunda ilmiy to‘garaklarga 30 dan ortiq talaba va magistrlar jalb etilgan. Bu to‘garak a’zolarining iktidorlilari turli konferensiyalar o‘z ilmiy maqolalarini chop etishga erishib kelmoqdalar.
Kafedra professor-o’qituvchilari va talabalar jamoasi doimiy ravishda o’tkaziladigan an’anaviy Respublika olimpiadalarida qatnashib kelmoqda.
Tursunov Farhod Umurzakovich
Kafedra mudiri
Alimova Mashxura Tohirxonovna
Menejment kafedrasi iqtisodiyot fanlar doktori, professor
Pardayev Olim Mamayunusovich
Menejment kafedrasi iqtisodiyot fanlar doktori, professor
Tangirov Abduxolik Egamovich
Meneejment kafedrasi iqtisodiyot fanlar nomzodi., dotsent
Qudratov Rizo Turdibayevich
Meneejment kafedrasi katta o’qituvchisi, iqtisodiyot fanlar nomzodi., v.b.dotsent
Rahmatov Bahriddin Buribayevich
Meneejment kafedrasi katta o’qituvchisi, iqtisodiyot fanlar nomzodi
Islomov Shuhrat Ma’rufjonovich
Meneejment kafedrasi katta o’qituvchisi, iqtisodiyot fanlar nomzodi.
Mahmudov Qahramon Saydullayevich
Meneejment kafedrasi katta o’qituvchisi,
Siddiqov Asqar Axrorovich
Meneejment kafedrasi katta o’qituvchisi
Tashmatov Sharof Urakbayevich
Meneejment kafedrasi katta o’qituvchisi
Usmanova Nasiba Akbarjonovna
Meneejment kafedrasi katta o’qituvchisi,
Ahtamova Moxigul Erkinovna
Meneejment kafedrasi katta o’qituvchisi
Usmanova Nigina Marupovna
Meneejment kafedrasi o’qituvchisi, assistent,
Sattarova Nargiz Tohirovna
Meneejment kafedrasi o’qituvchisi, assistant
Burxonova Nargiza Mirshoxid qizi
Meneejment kafedrasi o’qituvchisi, stajor-assistant
Abdumannonov Begzod Maxsudovich
Meneejment kafedrasi o’qituvchisi, stajor-assistant
Oʼzbekcha
English
русский